«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasadoning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Jurnalist Djanluidji Longarining ta’kidlashicha, Kasadoning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendesh futbolchining transferi ustida faol ish olib bormoqda. Ko‘rib chiqilayotgan klublar qatoridan «Milan» ham joy olgan, biroq bu yagona variant emas. Shuningdek, agent Kasadoning «Beshiktash» va Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishini ham muhokama qilgan.
Yakunlangan mavsumda 22 yoshli Kasado barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kasadoning «Barselona» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchini 18 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0