Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» vingeri Lamin Yamal Xulian Alvaresning Kataloniya klubiga ehtimoliy transferi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Avvalroq, «ko‘k-anorranglilar» «Atletiko» hujumchisi uchun taxminan 130 million yevro taklif qilishi mumkinligi xabar qilingan edi. Katta ehtimol bilan, «blaugrana» bu qadamni Jahon chempionati yakunlanganidan keyin tashlaydi.

«Hozir bu haqda juda ko‘p o‘ylayotganim yo‘q, lekin ushbu transfer amalga oshishidan umidvorman, chunki u ajoyib futbolchi. Agar u kelsa, uni quchoq ochib kutib olamiz.

Mening fikrimcha, u dunyoning eng yaxshi klubiga, dunyodagi eng yaxshi muxlislar huzuriga va dunyoning eng go‘zal shahriga ko‘chib o‘tgan bo‘ladi. Shunday ekan, agar men uning o‘rnida bo‘lganimda, albatta rozilik berardim. Agar u kelishni istasa, biz uni kutamiz, olg‘a!» — dedi Yamal El Larguero nashriga bergan intervyusida.

Manba: Stadion.uz