«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta «Real» Kataloniya jamoasining sportdagi muvaffaqiyatlari tufayli asabiylashayotganini aytdi.
Bugun prezidentlik saylovlaridagi g‘alabadan so‘ng 64 yoshli funksionerning lavozimga kirishish (inaugurasiya) marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Boshqa sohalarda ular juda asabiylashishmoqda, kulgili matbuot anjumanlari tashkil etishyapti, ularda aniq yo‘nalishning o‘zi yo‘q. Ular xuddi dejavyuni boshdan kechirayotgandek...
Bizning jamoamiz ancha jipslashgan, bu ajoyib futbolchilarga esa Xansi Flik boshchilik qilmoqda», — dedi Laporta.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0