«Monako»ga 11 million yevro evaziga amalga oshirilgan transferdan so‘ng, hujumchi Ansu Fatining otasi Bori Fati «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flikni tanqid qilib chiqdi.

«Yo‘q, Flik u bilan hech qachon gaplashmagan. Ansuning ketish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladigan mutlaqo hech qanday voqea sodir bo‘lmadi. Kelishuv bugun yakunlandi, biz shunchaki Dekuning Braziliyadan qaytishini kutayotgan edik. Mening o‘g‘lim hozir istalgan boshqa ispan hujumchisidan ko‘ra yuqoriroq darajada, biroq terma jamoada buni ko‘ra olishmadi. Biz uning «Monako»da qolishini xohlaymiz, chunki u u yerda baxtli», — deya Bori Fatining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri EremNews'ga tayanib.

Manba: Stadion.uz