The Athletic nashrining yozishicha, Kataloniya klubi «Atletiko» hujumchisi uchun taxminan 130 million yevro taklif qilishi mumkin. Katta ehtimol bilan «blaugrana» bu qadamni jahon chempionati yakunlanganidan keyin tashlaydi.
«Barselona» vakillari oxirgi bir necha hafta ichida Madrid klubi bilan munosabatlar keskinlashganini tan olmoqda, biroq shunga qaramay, «Atletiko» yaqin orada muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘lishiga umid qilmoqda.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, «Barsa» yaqinda «Bavariya» forvardi Xarri Keynning vakillari bilan bog‘langan — manbalarga ko‘ra, bu uchrashuv shunchaki vaziyatni o‘rganish xarakteriga ega bo‘lgan. Ingliz futbolchisi Myunxen klubini tark etishdan manfaatdor emas va tez orada shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Atletiko» Alvaresni «Barselona»ga taxminan 100 million yevroga sotish taklifini rad etgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0