«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi. Golkiperning ta’kidlashicha, argentinalik futbolchi jamoani kuchaytirgan bo‘lardi, biroq hozirda u boshqa klubga tegishli va futbolchilar uning qaroriga ta’sir o‘tkaza olmaydilar.
«Xulian bizga muhim sifat bosqichiga chiqish imkonini bergan bo‘lardi. Tarkibda buyuk futbolchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, sifat ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Hamma Xulianning ajoyib futbolchi ekanligini biladi, lekin u «Atletiko»da o‘ynaydi. Biz uning qarorlariga va klublar nimani hal qilishiga kuchli ta’sir o‘tkaza olmaymiz. Matbuotda yozilayotgan narsalarning qay darajada haqiqat ekanligini hech qachon bila olmaysan, shuning uchun bunga juda katta e’tibor qaratmayapmiz», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi RAC1.
Avvalroq Alvares «Atletiko»ni tark etish istagi borligini ommaviy ravishda e’lon qilgan edi. 26 yoshli argentinalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Ayni damda u JCH-2026 doirasida o‘z terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi va 1/16 finaldan o‘rin olgan Kabo-Verdega qarshi uchrashuvni kutmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0