«Manchester Yunayted» hujumchi Markus Reshfordning vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi. Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «qizil iblislar» futbolchini ortga qabul qilishga tayyor.
Markusning o‘zi ham mankunianliklar bosh murabbiyi Maykl Kerrik qo‘l ostida mavsum oldi tayyorgarlikni boshlashga qarshi emas. Shu bilan birga, futbolchining keyingi mavsumda jamoada qolishi bo‘yicha hozircha hech qanday kafolat yo‘q.
Yakunlangan mavsumda 28 yoshli Reshford ijara huquqi asosida Kataloniyaning «Barselona» klubida to‘p surdi. Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining transfer bahosi 40 million yevroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0