Qanot hujumchisi Lamin Yamal Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining bosh yulduzi maqomida ekanligi tufayli hech qanday bosimni his qilmayotganini aytdi. Muxlislar va matbuot tomonidan kuchaygan e’tibor haqidagi savolga javob berar ekan, futbolchi bu bilan yashashga o‘rganib qolganini ta’kidladi.
«Birinchi martasida men doim suratga tushish uchun to‘xtayman. Lekin ba’zida ular ayni bir xil odamlar bo‘lib chiqadi. Shu shunchaki buni to‘g‘ri qabul qilishni bilishingiz kerak», — deya Yamal so‘zlaridan iqtibos keltiradi Cadena Ser.
«Men hech qachon o‘zimga o‘zim bosim o‘tkazmayman. Shunday insonlar borki, ularga juda ham qiyin bo‘lgan. Onam meni 16 yoshida dunyoga keltirgan — mana bu haqiqiy bosim. Otam uyga yegulik olib kelish uchun har qanday pul topish imkoniyatini qidirishiga, ko‘chadan narsalar yig‘ishiga to‘g‘ri kelgan. Mana shu bosim. Mening vazifam esa — shunchaki futbol o‘ynash va ispanlarni xursand qilish. Mendan faqat maydonda bor kuchimni berib to‘p surish talab etiladi, xolos».
Jahon chempionatining 1/16 finalidan o‘rin olgan Ispaniya va Avstriya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 2 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0