«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin.
MatchDay Central nashrining xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi Isakni Madridning «Atletiko» klubi a’zosi Xulian Alvaresga muqobil nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Forvardning Shvesiya terma jamoasi safida Jahon chempionatidagi o‘yini «ko‘k-anorranglilar» skautlarida katta taassurot qoldirdi. Biroq bu transfer ancha murakkab ko‘rinmoqda, chunki «Liverpul» o‘z futbolchisini sotib olganidan atigi bir yil o‘tib qo‘yib yuborishga zo‘rga rozi bo‘ladi.
Aleksandr Isak 2025 yilda «Nyukasl»dan «Liverpul»ga 145 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi «qizillar» safida barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0