«Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

ElNacional.cat nashrining xabariga ko‘ra, «Barselona» shvedsiyalik forvardga bo‘lgan qiziqishini qayta tiklagan. Futbolchining o‘zi ham o‘tgan mavsumda «kanonirlar»ning asosiy tarkibiga muntazam kira olmagani va bu borada qiyinchiliklarga duch kelgani sababli Kataloniya klubiga o‘tishga tayyor. Ehtimoliy transfer summasi 60 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Viktor Dyokeresh 2025 yilda «Sporting»dan «Arsenal»ga 67 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi London klubi safida barcha turnirlarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz