«Arsenal» himoyachisi Vilyam Saliba boshqa klublarning e’tiborini tortishda davom etmoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning bergan ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga «Barselona» ham qo‘shilgan. «Ko‘k-anorranglilar» anchadan beri o‘yinchi atrofidagi vaziyatni kuzatib kelayotgan «Real Madrid» va «PSJ» klublari qatoridan joy oldi. «Kanonirlar» esa o‘z himoyachisini qo‘yvorishni istashmayapti — London klubi Salibani 150 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormaydi.

Vilyam Saliba 2019 yilda «Sent-Etyen»dan «Arsenal»ga 30 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda fransiyalik himoyachi London klubi safida barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz