«Manchester Siti»ning yangi futbolchisi Elliot Anderson ayni paytga qadar 2026 yil yozgi transfer oynasining eng qimmat xaridi bo‘lib turibdi. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, uning «Nottingem Forest»dan transferi 135 million yevroga baholangan.

Ikkinchi o‘rinni «Vest Xem»dan «Tottenxem»ga o‘tgan portugaliyalik Mateush Fernandesh egallagan. Uning transfer qiymati 99 million yevroni tashkil etgan.

Ayni paytgacha amalga oshgan eng qimmat 10 transferning yettitasi Angliya Premyer-ligasi klublari hisobiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ro‘yxatdan Ispaniya La Ligasining ikki klubi va Italiya A Seriyasining bitta klubi ham o‘rin olgan.

Transfermarkt talqini bo‘yicha 2 iyul holatiga eng qimmat transferlar:

  1. Elliot Anderson — «Nottingem Forest» → «Manchester Siti» — 135 mln yevro.

  2. Mateush Fernandesh — «Vest Xem» → «Tottenxem» — 99 mln yevro.

  3. Entoni Gordon — «Nyukasl» → «Barselona» — 80 mln yevro.

  4. Gonsalu Ramush — «PSJ» → «Milan» — 74 mln yevro.

  5. Jeremi Jake — «Renn» → «Liverpul» — 63,6 mln yevro.

  6. Yan Paul van Xekke — «Brayton» → «Tottenxem» — 60 mln yevro.

  7. Marko Palestra — «Atalanta» → «Chelsi» — 57 mln yevro.

  8. Mark Kukurelya — «Chelsi» → «Real» — 55 mln yevro.

  9. Pyero Inkapye — «Bayer» → «Arsenal» — 52 mln yevro.

  10. Jeovani Kenda — «Sporting» → «Chelsi» — 50,7 mln yevro.

Manba: Stadion.uz