«Barselona» «Real Sosyedad» darvozaboni Aleks Remiroga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda.

Mundo Deportivo gazetasining xabar berishicha, 31 yoshli ispaniyalik posbon «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka ma’qul kelmoqda. O‘yinchining o‘zi ham kataloniyaliklar safiga qo‘shilishga tayyor, biroq bu transfer Voysex Shesnining kelajagiga bog‘liq. «Ko‘k-anorranglilar» faqatgina polshalik darvozabon bilan xayrlashgan taqdirdagina Remiro uchun harakat boshlaydi. Hozircha esa klubning transfer bozorida boshqa ustuvor maqsadlari bor.

O‘tgan mavsumda Remiro barcha turnirlarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 62 ta gol o‘tkazib yubordi va faqat to‘rtta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Transfermarkt mutaxassislari futbolchini to‘qqiz million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz