«Barselona»ning 22 yoshli xavbeki Mark Kasado Saudiyaning «Al-Hilol» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda MARCA nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayotgani sababli «Barselona»ni tark etishga tayyor. Klub yarim himoyachini 30 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi.
Qayd etilishicha, Kasadoda «Al-Hilol»dan taklif bor, biroq u shoshilmoqchi emas. O‘yinchi bu moliyaviy jihatdan foydali ekanini tushunib turibdi, lekin uni ko‘proq sport loyihasi qiziqtirmoqda.
Manbaga ishonadigan bo‘lsak, Kasado Yevropa klubidan taklif kutishni xohlaydi, chunki uni Italiyaning «Milan» klubi ham kuzatmoqda. Biroq «Barselona» yarim himoyachining taqdirini jamoa ta’tildan qaytadigan 13 iyulga qadar hal qilmoqchi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0