«Barselona» klubi «Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romeroning harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda insayder Janluiji Longari xabar bermoqda.

Shuningdek, futbolchini Madridning «Atletiko» klubi ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Romero allaqachon «Tottenxem» rahbariyatiga jamoani tark etmoqchi ekanini ma’lum qilgan. Biroq «shporlar» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi himoyachini tarkibda saqlab qolmoqchi.

Ayni paytda Kristian Romero Argentina terma jamoasi safida JCH-2026 musobaqasida ishtirok etmoqda. Argentinaliklar pley-off bosqichiga yo‘l olishgan va 1/8 finalda Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: Stadion.uz