Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi ixtiyoriga qaytishdan bosh tortdi. Bu haqda 365Scores nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Kanselu «Al-Hilol» rahbariyatiga Simone Indzagi bosh murabbiylik lavozimidan bo‘shatilmaguncha jamoaga qaytmasligini ma’lum qilgan.
Taxminlarga ko‘ra, Kanselu shu yo‘l bilan klubni o‘zini «Barselona»ga qo‘yib yuborishga majbur qilmoqchi. Futbolchi yakunlangan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida aynan Kataloniya klubida o‘tkazgan edi.
Bundan oldinroq, kataloniyaliklar himoyachini o‘z safida saqlab qolmoqchi ekanliklari, biroq u uchun so‘ralayotgan 10 million yevroni to‘lashga tayyor emasliklari haqida xabar berilgan edi.
Kanseluning «Al-Hilol» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0