«Barselona»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Dani Olmo Madridning «Real» klubini kataloniyaliklarga qarshi qattiq pozisiyasi haqida gapirdi.

«Real»ning «Barselona»dagi vaziyatni beqarorlashtirishga harakat qilayotgani normal holat. Biz ikki yildan beri Ispaniyada dominantlik qilyapmiz. Biz bor e’tiborimizni faqat o‘zimizga va g‘alaba qozonishda davom etishga qaratganmiz. «Real» kuchliroq bo‘lishga harakat qilmoqda, lekin biz ham yildan-yilga kuchayib boryapmiz», — deya Olmoning so‘zlarini keltiradi Barça Universal.

«Barselona» — Ispaniyaning amaldagi chempioni. O‘tgan mavsumda Xans-Diter Flik shogirdlari 38 turda 94 ochko jamg‘arib, «Real»ni sakkiz ochkoga ortda qoldirishdi.

Manba: Stadion.uz