Flik Yamalning kelajagi haqida: "U hali o'z salohiyatini to'liq ochib ulgurmadi"

"Barselona" ustozi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida jurnalistlar qarshisida chiqish qildi. Nemis mutaxassisidan vinger Lamin Yamal bilan ishlash jarayoni haqida so'rashdi.
"Yamal? Men undan juda mamnunman. U sezilarli darajada o'sishga erishdi. Eng muhimi — u futboldan zavq olmoqda. Bizga aynan shu kerak. U bor e'tiborini o'yinga qaratgan. Biz unga yordam beryapmiz. Uning darajasi — aql bovar qilmas. Shu bilan birga, unda yaqin yillar ichida namoyon eta olishi mumkin bo'lgan ulkan salohiyat mavjud", — dedi Flik.
Joriy mavsumda Lamin Yamal 29 ta o'yin o'tkazib, ularda 14 ta gol urdi va sheriklariga 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (38263/+11)
UzFIFA Yangiliklari (22.06.2026)
Futbol TV Yangiliklari (22.06.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1868)
Eng ko'p o'qilgan
17-Iyun
00:50
18-Iyun
15:40
20-Iyun
17:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)
281