"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu, agar Lionel Messi jamoani tark etadigan bo'lsa, jiddiy muammoga duch kelishi mumkin."Barselona" mavsum-2020/21da byudjet borasida jiddiy muammoga duch kelishi kutilmoqda. Messining klubdan ketishi esa inqirozni yanada kuchaytiradi. 2021 yilda "ko'k-anorranglilar"ga yangi prezident saylansa, u jamoada yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz uchun mas'uliyatni Bartomeuga yuklashi mumkin. Bunday holatda Bartomeu o'z mablag'larini klubga tikish orqali aybini "yuvishi" kerak yoki u qamaladi. Shuning uchun jamoa xo'jayini Messini qanday bo'lmasin olib qolib, vaziyatning og'irlashishining oldini olmoqchi."Barselona" prezidentligi uchun saylov kelasi yilning 4 aprel kuni bo'lib o'tadi. Messining klub bilan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
2-Sentyabr 2020,10:10