"FiveThirtyEight" dasturiy ta'minotida ishlaydigan superkompyuter joriy mavsumda Evropa chempionlar ligasida pley-off bosqichiga chiqqan jamoalarning g'oliblik uchun imkoniyatlarni taxmin qildi. Bunda har bir klubning hujum qilish va himoyalanish imkoniyatlari inobatga olindi. «Manchester Siti»ning chempionlik uchun imkoniyati eng yuqori baholandi — 24%.«Bavariya»ning imkoniyati esa 17 foizga chamalangan bo'lsa, «Barselona»ning g'oliblik uchun imkoniyati 10 foizga teng deya taxmin qilindi. «Real Madrid» esa 6% ehtimol bilan reytingda 8-o'rinni egalladi.To'liq ro'yxat quyidagicha bo'ldi:1. «Manchester Siti»: 24%2. «Bavariya»: 17%3. «Barselona»: 10%4. «Liverpul»: 7%5. «Chelsi»: 7%6. «PSJ»: 7%7. «Borussiya Dortmund»: 6%8. «Real Madrid»: 6%9. «Atletiko Madrid»: 5%10. «Yuventus»: 3%11. «RB Leyptsig»: 3%12. «Atalanta»: 1%13. «Sevilya»: 1%14. «Borussiya Menxengladbax»: 1%dan kam15. «Portu»: 1%dan kam16. «Latsio»: 1%dan kam.
13-Dekabr 2020,06:00