"Barselona" futbolchilari Miralem Pyanich va Samuel Umtiti jamoani tark etishlari mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchilar bilan shartnomani bekor qilmoqchi va ularga allaqachon bu haqida xabar bergan. "Ko'k-anorranglilar" rahbariyati Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirishi uchun klubning moliyaviy xolatini yaxshilashni maqsad qilgan.
Qolaversa, "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman faqat o'zi bilan ishlaydigan futbolchilarni saqlab qolmoqchi. Ammo, ta'kidlanishicha, Umtiti jamoani tark etmoqchi emas va mutaxassisga mavsumoldi yig'inlarda jamoada o'z o'rniga munosib ekanligini isbotlamoqchi. Pyanich ham hali ketish taklifini qabul qilmadi. Bosniyalik birinchi navbatda transfer bozorini ko'zdan kechirmoqchi. Ayni paytda Miralemga "Yuventus", "Inter" va "PSJ" qiziqish bildirmoqda.
4-Iyul 2021,13:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0