"Barselona" rahbariyati Lionel Messining agentlari bilan yangi shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Argentinalikning kataloniyaliklarga ba'zi savollari bor:
1. Leo pandemiyaning yangi to'lqini boshlangan bo'lsa ham, unga shartnoma bo'yicha keltirilgan barcha pullarni to'lashiga kafolat olishni xohlaydi.
2. Forvard avvalgi shartnomadan qolgan qarzlarni qachon to'lashini aniq bilishni istaydi.
3. Futbolchi 2023 yilda AQShga ko'chib o'tishni rejalashtirmoqda. Agar bu vaqtga qadar "Barselona"ning futbolchida qarzi bo'lsa, unda Messi soliqni qaerda to'lashi kerakligini - Ispaniyadami yoki AQShda. Ushbu savolga javob topishni xohlaydi.
4. Messi hali ham jamoaning kuchiga shubha qilmoqda, u hozirgi "Barselona"ning Chempionlar Ligasi g'olibligi uchun kurashishga tayyorligiga amin emas.
Eslatib o'tamiz, 1 iyuldan Messi erkin agentga aylangan.
4-Iyul 2021,14:30