"Nyukasl" o'zining hujum qanotini kuchaytirmoqchi, shu sababli ular "Barselona" o'yinchilaridan biriga ko'z tikishdi.
Sport.es nashri xabariga ko'ra, "qarg'alar" 2022 yilning yozida "ko'k-anorlilar" safiga qo'shilgan braziliyalik vinger Rafinyani yozda 75 million evro evaziga o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Bu harakatning amalga oshishiga sabablardan biri Rafinyaning "Barselona"dagi pozitsiyasidir. Mavsum davomida kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi boshqa sxemaga o'tdi, shu sababli braziliyalik vinger ko'pincha faqat zaxiradan maydonga tushmoqda.
Usmon Dembele jarohat olgandan keyingina vaziyat o'zgardi va uning safga qaytishi Rafinyaning jamoada muntazam o'ynashini kafolatlamasligi mumkin. O'tgan qishki transfer oynasida Londonning "Arsenal" klubi braziliyalik futbolchiga da'vo qilgan edi, ammo ispan grandi rahbariyati rad javobini bergandi.
Rafinya joriy mavsumda "Barselona" safida barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida ettita gol va 9ta golli uzatma bor.
1-Mart 2023,22:00