«Espanol» bosh direktori «Barselona»ga qarshi o'yindan keyin jamoa muxlislari maydonga yugurib tushib, chempionlikni nishonlayotgan raqib jamoa futbolchilariga hujum qilishga uringani uchun uzr so'radi. «Ushbu hodisa uchun futbol oldida uzr so'rashni istaymiz. Maydonga yugurib tushganlar — «Espanol» standartlariga to'g'ri kelmaydigan odamlar. Ularning bizga hech qanday aloqasi yo'q. Bunday voqealarga to'liq barham berish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz. Bizning stadionda bunday hodisalar yo'l bermasligi kerak. Klub hamisha xavfsizlik choralarini ko'rib kelgan. Biz bu masalaga jiddiy yondashamiz. Yuz bergan voqeani tahlil qilib, kamchiliklarimizni to'g'irlaymiz.La ligada qolish uchun mavsum oxirigacha kurashishimiz kerak. Natijalarimiz yaxshi bo'lmayotgani uchun muxlislarning noroziligini tushunaman. Zarracha imkoniyat bor ekan, kurashishimix keak», – dedi Mao Ye.
15-May 2023,15:40