Xavi tez orada Joze Mourinoning «Chelsi»dagi ilk mavsumidayoq o'rnatgan rekordini yangilashi mumkin.
«Barselona» joriy mavsumda chempionatda o'tkazgan 34 o'yinidan 25 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Bu ko'rsatkich bo'yicha Evropaning top-5 ligasidagi rekord natija - bir xil 25 ta o'yinni tashkil etadi, lekin 38 ta o'yinda qo'lga kiritilgan. Aynan shu raqamlar bilan «ko'klar» 2004/05 yilgi mavsumni yakunladi. Ajoyib Petr Chex, Paulo Ferreyra, Rikardo Karvalyu, Jon Terri va Eshli Kouldan tashkil topgan afsonaviy tarkib bilan birga o'sha yilning asosiy natijalariga erishildi.
Yaqin o'n yillikda hech kim «Chelsi»ning rekordidan o'tib keta olmaydigandek tuyuldi. Ammo, agar kataloniyaliklar qolgan 4 ta o'yinda yana kamida bir marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishsa, 18 yildan keyin bu rekordni yangilashadi.
«Barsa» dam olish kunlarida «Espanol» ustidan g'alaba qozonib, La Liga chempionligini qo'lga kiritdi. Qolgan o'yinlarda Xavi jamoasi «Real Sosedad», «Real Valyadolid», «Malorka» va «Selta» klublariga qarshi maydonga tushadi.
Shuningdek, «Barselona» bu mavsumda kam gol o'tkazish bo'yicha rekordlarni yangilamoqda. Ular 13 ta gol o'tkazib yuborgan. O'tkazib yuborilgan gollar soni hayratlanarli - 34 turda 13 ta. Bu har bir o'yinga o'rtacha 0,333 to'g'ri keladi. Top 5 Evropa chempionatlari tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkich 0,367 edi (1969/1970 yilgi mavsumdagi «Kalyari»). Xo'sh, «Barselona» qanday qilib bunday ajoyib himoyaga ega? Fref ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» joriy mavsumda 25,4 ta gol o'tkazib yuborishi mumkin edi.
16-May 2023,22:50