Ispaniya chempionatining so'nggi turida "Barselona" klubi Vigo shahrida "Selta" mehmoni bo'ldi. Bu suv va havodek ochkoga muhtoj bo'lgan mezbonlar g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishdi."Selta" yarim himoyachisi Gabriel Veyga bahsning 42-daqiqasida hisobni ochgan bo'lsa, 65-daqiqada uning o'zi farqni ikkitaga oshirdi. O'yin tugashiga 11 daqiqa qolganida esa Ansu Fati bitta javob to'pini kiritdi. Shu tariqa, "Selta" o'z ochkolarini 43 taga etkazdi va La ligada qolish vazifasini uddaladi. "Barsa" esa mavsumni 88 ochko bilan yakunladi.Ispaniya chempionati, 38-turSelta – Barselona 2:1 (1:0, 1:1)Gollar: 1:0 – 42 Veyga, 2:0 – 65 Veyga, 2:1 – 79 Fati.Selta – Vilyar, Mingesa (Vaskes, 67), Nunes, Dominges, Galan, Oskar Rodriges, Beltran, Veyga (Servi, 71), De La Torre (Tapiya, 70), Karles Peres, Seferovich (Aspas, 78).Barselona – ter Stegen (Penya, 63), Serji Roberto, Kristensen (Gavi, 46), Kunde, Alonso, Erik Garsiya (Torre, 72), Kessie, de Yong, Rafinya (Dembele, 63), Ferran Torres (Fati, 63), Levandovski.Ogohlantirishlar: Ferran Torres (55), Rafinya (62), Servi (81), Tapiya (90).
5-Iyun 2023,06:10