Braziliya terma jamoasining bo'lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Rafinya Diasga ishonch bildirishga tayyor.
May oyi oxirida italiyalik mutaxassis "Real"dagi lavozimini tark etadi va "pentakampeonlar"ni qabul qilib oladi. Diario Sport xabariga ko'ra, boshqaruvchi Rafinyani hozirdanoq yangi jamoasining muhim o'yinchisi sifatida ko'rmoqda. 5 iyun kuni braziliyaliklar Ekvadorga qarshi o'yin o'tkazsa, 5 kun o'tib paragvaylik raqiblariga qarshi maydonga tushadi. Ikkala o'yin ham 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tadi.
Rafinya Dias joriy mavsum "Barselona" safida 55 ta o'yinda 34 ta gol va 25 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Milliy terma jamoa safida vinger 33 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol va ettita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
O'qildi: 112 - Fikirlar: 0