Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchi Xulian Alvares klubda qolishiga shubha qilmayapti, garchi «Barselona» va Evropaning boshqa grand klublari argentinalik futbolchiga qiziqish bildirgani haqida ma'lumotlar tarqalgan bo'lsa ham. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.Manba ma'lumotiga ko'ra, Alvaresning o'zi ham «matraschilar» safini tark etishni rejalashtirayotgani yo'q. «Atletiko» rahbariyati 25 yoshli hujumchini klub tarixida yangi davrni boshlab berishi mumkin bo'lgan futbolchi deb hisoblaydi.Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 53 ta o'yinda ishtirok etib, 29 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Alvaresning bozor bahosi 90 million evroga teng.