Ispaniyaning Sport.es nashri xabar berishicha, “Atletik” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Niko Uilyams “Barselona”ga o'tishini tezroq yakunlash maqsadida ta'tilni qisqartirgan.Manbaga ko'ra, tovon puli to'lanishi va muzokaralarning yakunlanishi juma kuni, 4-iyulga belgilangan. Katalon klubi Niko va uning agentini futbolchining ro'yxatdan o'tishi borasida hech qanday muammo bo'lmasligiga ishontirishga muvaffaq bo'lgan.Avvalroq, “Barselona” va Niko Uilyams 6 yillik shartnoma va maosh shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Biroq hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtida futbolchi vakillari kutilmaganda ro'yxatdan o'tish kafolatlari bilan bog'liq qo'shimcha shartlarni kontraktga kiritishni talab qilishgan. Bu esa klub rahbariyati uchun syurpriz bo'lgan.