
«Barselona» hujumchisi Markus Reshford (u «Manchester Yunayted»dan ijara asosida to'p surmoqda) futbol bo'yicha blits-savolnomada ishtirok etdi. Angliyalik futbolchi har bir toifada eng yaxshi o'yinchini tanladi.– Eng yaxshi gol uruvchi futbolchi?– Krishtianu [Ronaldu].– Eng yaxshi darvozabon?– Buffon.– Eng yaxshi himoyachi?– Maldini.– Eng yaxshi pleymeyker?– Messi.– Eng yaxshi driblyor?– R9 [Ronaldo Nazario].– Eng kuchli xarakterga ega futbolchi?– Zlatan [Ibrahimovich].– Barcha zamonlarning eng yaxshi La Liga futbolchisi?– Messi.– Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi?– Messi va Ronaldu... Bu juda qiyin, — dedi Reshford ESPNga bergan intervyusida.Eslatib o'tamiz, Reshford 2021–2022 yillarda «Manchester Yunayted»da Ronaldu bilan birga o'ynagan.
 
  24-Oktyabr 2025,21:40
 24-Oktyabr 2025,21:40  
 




 370
370