"Bu mavsumdagi eng yaxshi onlarimmi? Men hech qachon buni eng yaxshi onlarim deb aytmasdim, chunki o'zimga nisbatan talabchan insonman. Ayta oladiganim shuki, men har doim jamoa uchun bor kuchimni berishga intilganman — himoyada ham, hujumda ham yordam berishga va qo'limdan kelgan barcha narsani qilishga harakat qilaman.
Jamoamizda ko'plab yosh futbolchilar bor… Shunaqa fikrlash va doim g'alabaga intilish — klub uchun juda muhim. Biz sovrinlar uchun kurashamiz. Sen bu futbolkani kiygan ekansan, asosiy maqsading sovrinlarni qo'lga kiritish bo'lishi kerak… Biz buni yaxshi uddalayapmiz.
Bugungi kunda eng muhimi — jamoa ikkinchi taymga to'liq jamlangan holda qaytgani... Biz qilishimiz kerak bo'lgan ishni bajardik. Agar Xansi Flik kelmaganida, men "Barsa"dan ketgan bo'lardim. U hammasini o'zgartirdi. U menga muhim futbolchi bo'lishimni aytdi. Futbolchiga aynan shu kerak — ishonch", – dedi 29 yoshli braziliyalik futbolchi.
"Real"ga qarshi o'yinda Rafinya dubl qayd etdi, jumladan g'alaba golini ham urdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.





761