
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Yunayted"dan ijara asosida o'ynayotgan hujumchi Markus Rashfordni to'liq transfer qilishni istamoqda. Klublar o'rtasidagi muzokaralar tafsilotlarini insayder Rashad Rahmon ma'lum qildi.Uning so'zlariga ko'ra, "Barselona" va jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rashforddan mamnun va uni jamoada saqlab qolmoqchi. Futbolchining o'zi ham qolishni xohlamoqda.Biroq "Manchester Yunayted" qat'iy pozitsiyada turibdi: yoki kataloniyaliklar 30 mln evro to'laydi, yoki o'yinchi "Old Trafford"ga qaytadi. “Barsa” tomoni turli ijodiy echimlarni taklif qilgan, ammo manchesterliklar bunga rozi bo'lmayapti.Markus Rashford 2025 yil yozidan beri "Barselona" safida to'p surmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda 12 ta gol va 13 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.





608