
«Barselona» vingeri Markus Reshford klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi. «Ko'k-anorranglilar» ingliz futbolchisini joriy mavsum yakuniga qadar «Manchester Yunayted»dan ijaraga olishgan edi. Hozircha o'yinchini jamoada saqlab qolish imkoni bor-yo'qligi noma'lum.
«Men sehrgar emasman. Agar sehrgar bo'lganimda, «Barselona»da qolgan bo'lardim. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday kechadi», — deya BBC Sport «qizil iblislar» tarbiyalanuvchisining o'yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltiradi.
Markus Reshford kataloniyaliklarga Madridning «Real» klubini mag'lub etishda (2:0) va La Liga chempionligini muddatidan oldin qo'lga kiritishda yordam berdi. 28 yoshli futbolchi «El-Klasiko»ning 9-daqiqasida jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochgan edi.
O'qildi: 147222 - Fikirlar: 0





495