
«Barselona» chap qanot himoyachisi Alexandro Balde klubni o'zgartirmoqchi emas. «Ko'k-anorranglilar» 22 yoshli futbolchini sotish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor, chunki ular uning pozitsiyasiga yangi o'yinchi olib kelishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, jurnalist Xerard Romeroning xabar berishicha, kataloniyaliklar rahbariyati yosh tarbiyalanuvchini o'z xohishiga qarshi ketishga majburlamaydi.
Baldening o'zi doimiy o'yin amaliyotisiz qolish ehtimoli yuqori ekanini tushunsa-da, baribop hech qaerga o'tishni istamayapti. Alexandro Balde o'tgan mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, uchta samarali uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt saytida ispaniyalik himoyachining narxi 55 million evroni tashkil etadi.
374