
PSV jamoasining o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest «Bavariya»ning e'tiborini tortdi. Myunxen klubi hozirda eyndxovenliklar yarim himoyachisi Ismael Saybari borasida muzokaralar olib bormoqda, ammo shu bilan birga Destga ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Rik Elfrink xabar berdi.
Amerikalik futbolchi uchun taxminan 20-25 million evro to'lashga to'g'ri keladi. «Bavariya» uchun bu shartlar qanchalik maqbul ekani hozircha noma'lum, chunki klub avval Saybari transferini yakunlab, o'z tarkibidagi ba'zi o'yinchilarni sotishni rejalashtirmoqda.
Katta ehtimol bilan, barcha masalalar Jahon chempionatidan keyin hal bo'ladi.
Serjino Dest 2024 yilda erkin agent sifatida «Barselona»dan PSVga o'tgan edi. O'tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi Niderlandiya chempionlari safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
374